Vaterloo jangi — qiziqarli moliyaviy manyovr
Vaterloo jangi — qiziqarli moliyaviy manyovr
#tahlil
4 daqiqa
18/03/25, 11:14
Ulashish:
Vaterloo jangida — 1815-yil qiziqarli hodisa yuz beradi.
Investorlar Napoleon g'alaba qozonsa, Britaniya obligatsiyalari qimmati keskin qulashini bilar edi.
Rothschildlar sulolasining London tarmog'ini boshqargan bankir Natan Rotshild boshqalarda yo'q ustunlikka ega edi — axborot tezligi.
Oilasining xususiy razvedka tarmog'i yordamida, Rotshild Britaniya hukumatidan ham oldin Napoleonning mag'lubiyati haqidagi xabarni oladi.
Ammo u bu qimmatli ma'lumotni oshkor qilish o'rniga, o'zining Britaniya obligatsiyalarini sotishni boshladi.
Bu harakati bozorda ommaviy vahima keltirib chiqardi.
Investorlar mantiqiy xulosa chiqarishdi: "Agar Rotshild o'z obligatsiyalarini sotayotgan bo'lsa, demak Britaniya jangda mag'lub bo'lgan"
Natijada, investorlar ham sarosimaga tushib, obligatsiyalarini arzon narxlarda sotishga shoshilishadi.
Rotshild esa aynan shu lahzani kutayotgan edi. Obligatsiyalar narxi eng past nuqtaga yetganda, qimmatbaho qog'ozlarni juda arzon narxda qaytarib sotib oldi.
Bir necha soat o'tgach, Napoleonning mag'lubiyati rasman e'lon qilindi. Britaniya obligatsiyalari qimmatlanib, Rotshildning boyligi bir kechada bir necha barobar ko'paydi.
O'xshash yangiliklar
Prezidentning 27-mart sanasida hokimlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishida, bozorlarga egalik qilishda hokimliklarning majburiy ishtiroki to‘g‘risidagi norma bekor qilinmoqda.
Bozorlar mahalliy hokimiyat tasarrufidan chiqariladi
#iqtisod
27/03/25