TEMU O‘zbekistonda rezident sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

TEMU O‘zbekistonda rezident sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
#kompaniyalar
3 daqiqa
19/03/25, 15:11

Ulashish:
TEMU O‘zbekistonda rezident sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.
TEMU elektron savdo platformasi faoliyati Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan cheklangan edi.
Biroq, agentlikning elektron tijorat boshqarmasi boshlig‘i Kamronbek Muhammadiyev aytishicha, TEMU soliq rezidenti sifatida ro'yxatdan o'tgungacha bo'lgan davr uchun QQS to'lashi zarur.
Shuningdek, platformaga qo'yilgan cheklov hali olib tashlanmaganligini, o‘tgan davr bilan bog'liq hal etilishi kerak bo'ladigan masalalar mavjudligini aytib, yakuniy xulosani o'zlari aytishlarini keltirishdi.
Temu - bu ''PDD Holdings'' kompaniyasiga tegishli bo'lgan onlayn savdo platformasi. ''PDD Holdings'' ilgari ''Pinduoduo Inc'' nomi bilan tanilgan kompaniya edi.
''PDD Holdings'' aksiyalari Nasdaq fond birjasida "PDD" ticker belgisi ostida savdoga qo'yilgan.
O'xshash yangiliklar
Prezidentning 27-mart sanasida hokimlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishida, bozorlarga egalik qilishda hokimliklarning majburiy ishtiroki to‘g‘risidagi norma bekor qilinmoqda.
Bozorlar mahalliy hokimiyat tasarrufidan chiqariladi
#iqtisod
27/03/25