Suvaysh kanali blokadasi neft bozoriga qanday ta'sir qilgan?

Suvaysh kanali blokadasi neft bozoriga qanday ta'sir qilgan?
#tahlil
4 daqiqa
25/03/25, 12:03

Ulashish:
2021-yil 23-mart kuni Misrning Suvaysh kanalida ''Ever Given'' konteyner kemasi yo'ldan chiqib, diagonal holatda kanalga tiqilib qoldi.
Bu kema uzunligi 400 metr va kengligi 59 metrga teng dunyoning eng katta konteyner kemalaridan biri edi.
Bu hodisa kanal hududidagi 400 ta kema harakatini to'xtatib qo'ydi, natijada neft mahsulotlarning narxi keskin ko'tarib yubordi.
Butun dunyo savdosining 12 foizi o'tadigan bu kanal 6 kun davomida to'liq yopilishi global ta'minot zanjirida jiddiy uzilishlar yuzaga keltirdi.
Kanal blokirovkasi sabab Brent nefti narxi 6 foizga oshdi. Sug'urta kompaniyalari aksiyalari sezilarli darajada tushdi.
Ayniqsa, ''Ever Given'' konteyner kemasigi 1 milliardlik yuklarni sug'urtalagan kompaniyalar aksiyalari keskin pasaydi.
Bu voqea xalqaro savdoning zaif nuqtalari butun dunyo iqtisodiyotiga qanchalik katta ta'sir ko'rsatishi mumkinligini ko'rsatdi.
BBC News
O'xshash yangiliklar
Prezidentning 27-mart sanasida hokimlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishida, bozorlarga egalik qilishda hokimliklarning majburiy ishtiroki to‘g‘risidagi norma bekor qilinmoqda.
Bozorlar mahalliy hokimiyat tasarrufidan chiqariladi
#iqtisod
27/03/25