top of page
Nega ba'zi arab davlatlari valyutasi barqaror inflatsiya ko'rsatgichiga ega?

Nega ba'zi arab davlatlari valyutasi barqaror inflatsiya ko'rsatgichiga ega?

#tahlil

3 daqiqa

03/03/25, 09:27

1/3 Bitcoin
Ulashish:

Yirik neft zaxirasiga ega ba'zi davlatlar valyutasi dollar narxiga nisbatan past inflatsiya ko'rsatgichi qayt etishadi. Saudiya Arabistoni pul birligi rialning dollarga nisbatan qiymati:


  • 1986-yil: 1 dollar = 3.75 rial

  • 2025-yil: 1 dollar = 3.75 rial


Buning sababi, Saudiya Arabistoni Markaziy banki rialning dollarga nisbatan kursini qat’iy belgilangan qilib qo‘ygan.


Dunyodagi eng yirik neft eksport qiluvchi davlat sifatida Saudiya Arabistoni katta dollar va oltin zaxiralariga ega.


Ba’zi iqtisodchilar o‘zgarmas valyuta kursiga ega davlatlar pul-kredit siyosatining kamchiliklari borligini aytishadi.


Misol uchun iqtisodiy inqiroz paytida davlat valyuta kursini sun’iy devalvatsiya qilish orqali muvozanatni tiklash imkoniyati cheklanadi.


Saudiya Arabiston valyutasi barqaror bo‘lishi uchun juda ko‘plab dollar zaxirasini saqlab keladi.

Ushbu mablag‘larni boshqa sohalarga investitsiya qilish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi.


Shuningdek, Saudiya Markaziy banki foiz stavkalarini belgilashda AQSh Federal Zaxira tizimiga bog‘liq qilib qo‘ygan.


Saudiya qat’iy valyuta kursini tanlagani uchun, mustaqil monetar siyosatdan voz kechishga majbur.


Misol uchun hozir Fed foiz stavkasini 4,5 foizdan 5 foizga ko‘tardi deylik. Agar Saudiya o‘z stavkasini ko‘tarmasdan ushlab tursa, Saudiyadan kapital chiqib ketishi boshlanadi.

Shuning uchun Saudiya ham stavkani ko‘tarishga majbur bo‘ladi.


Maqolani ulashing:

arabianbusiness.com/

O'xshash yangiliklar
Uzbekistan Airports kompaniyasi $100 mln dollarlik yevroobligatsiyalar chiqaradi
#kompaniyalar

01/04/25

Kvars aksiyadorlarining 19-mart sanasidagi navbatdan tashqari yig‘ilishida kuzatuv kengashining yangi tarkibi a’zolarini saylash, zavod faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish bo‘yicha muhokama bo‘lib o‘tgan.

Kvars shisha zavodi yana davlat tasarrufiga o‘tdi
#kompaniyalar

01/04/25

CoreWeave — sun’iy intellekt va hisoblash infratuzilmasi bilan shug‘ullanuvchi kompaniya — o‘zining IPO (birlamchi ommaviy joylashtirish) rejasini e'lon qildi.

CoreWeave kompaniyasi IPO chiqarmoqda, Nvdia unda ’’anchor investor’’ bo‘lib qatnashadi
#IPO

27/03/25

Prezidentning 27-mart sanasida hokimlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishida, bozorlarga egalik qilishda hokimliklarning majburiy ishtiroki to‘g‘risidagi norma bekor qilinmoqda.

Bozorlar mahalliy hokimiyat tasarrufidan chiqariladi
#iqtisod

27/03/25

Kaspi Qozog'iston fintech (moliyaviy texnologiyalar) kompaniyasi bo'lib, raqamli moliyaviy xizmatlar sohasida faoliyat yuritadi.

Kaspi kompaniyasi Humo va Uzcard kartalariga pul o'tkazmalarini joriy qildi
#kompaniyalar

25/03/25

2025-yilning 1-yanvar holatida, O'zbekistonning rasmiy e'lon qilingan davlat qarzi 40 mlrd 199 mln dollarni tashkil etadi.

O'zbekiston asosan kimlardan qarz olgan?
#iqtisod

25/03/25

bottom of page