Kaspi kompaniyasi Humo va Uzcard kartalariga pul o'tkazmalarini joriy qildi

Kaspi kompaniyasi Humo va Uzcard kartalariga pul o'tkazmalarini joriy qildi
#kompaniyalar
3 daqiqa
25/03/25, 12:16

Ulashish:
Kaspi kompaniyasi Humo va Uzcard kartalariga pul o'tkazmalarini joriy qildi
Kaspi Qozog'iston fintech (moliyaviy texnologiyalar) kompaniyasi bo'lib, raqamli moliyaviy xizmatlar sohasida faoliyat yuritadi.
Kompaniya 2011-yilda Mixail Lomtadze va Vitaliy Ginsburg tomonidan tashkil etilgan.
Avvallari qozog'istonliklar O'zbekistonga pul o'tkazmalarini faqat VISA va Mastercard kartalariga o'tkazish imkoniyati bo'lgan.
Hozirda Kaspi ilovasi Uzcard va Humo kartalari orqali ham o'zaro tranzaksiyalarni amalga oshirish imkon yaratdi.
"Qozog'iston va O'zbekiston o'rtasida azaldan do'stona, oilaviy, biznes aloqalar o'rnatilgan. Odamlar o'zaro mehmon bo'lib tashrif buyurishadi, bu esa doimiy ravishda pul o'tkazmalarini amalga oshirish zarurligini bildiradi", — dedi Kaspi kompaniyasi rahbari Mixail Lomtadze.
Kaspi mobil ilovasidan qariyb 15 million kishi foydalanib keladi.
Shuningdek, biznes uchun kompaniya tomonidan Kaspi Pay nomli ilovasi ham ishlab chiqilgan bo'lib, undan 700 mingdan ortiq tadbirkorlar foydalanishmoqda.
Source: Google Images
O'xshash yangiliklar
Prezidentning 27-mart sanasida hokimlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishida, bozorlarga egalik qilishda hokimliklarning majburiy ishtiroki to‘g‘risidagi norma bekor qilinmoqda.
Bozorlar mahalliy hokimiyat tasarrufidan chiqariladi
#iqtisod
27/03/25