top of page
Islom moliyasida sukuk nimani anglatadi?

Islom moliyasida sukuk nimani anglatadi?

#Islom_moliyasi

4 daqiqa

26/02/25, 18:46

1/3 Bitcoin
Ulashish:

Sukuk - bu islom shariatiga mos keladigan obligatsiyalarga o'xshash moliyaviy vosita. Sukuk ko'pincha "islomiy obligatsiyalar" deb ham ataladi, ammo ular klassik obligatsiyalardan tubdan farq qiladi.


Sukuk so'zi arabcha "sakk" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, moliyaviy sertifikat ma'nosini anglatadi.


Sukuk islom moliyasida taqiqlangan foizli (ribo) qarz emas, balki sherikchilikka asoslangan investitsiya hisoblanadi.


Bu biznesni moliyalashtirishning bir usuli bo'lib, an'anaviy foiz to'lovlarisiz sheriklar loyiha natijalariga asoslangan daromad olishadi.


Misol uchun, savdo markazi qurmoqchisiz. Biznesingizni moliyalashtirish uchun sukuk chiqarib sotasiz, ya'ni bu setifikat savdo markazi qurilishiga ulush egalikni anglatadi.


Savdo markazi qurilib bitganidan so'ng, uni ijaraga berib daromad olishni boshlaysiz. Bu daromaddan investor (sukuk egasi)ga kelishilgan foyda beriladi.


  Sukuk va an'anaviy obligatsiyalar o'rtasidagi farq nimada?


An'anaviy obligatsiyalarda obligatsiya egasi (investor) biznes muvaffaqiyatli bo'lishi yoki bo'lmasligidan qat'iy nazar, foiz ko'rinishida belgilangan daromad oladi.

Sukukda esa risk tomonlar o'rtasida taqsimlanadi.


Tahlilchilarning hisob-kitobiga ko'ra, sukuk moliyaviy sektori 2027-yilga borib o'rtacha yillik 1,98 trillion dollarga yetishi kutilmoqda.

Maqolani ulashing:

qardus.com

O'xshash yangiliklar
Uzbekistan Airports kompaniyasi $100 mln dollarlik yevroobligatsiyalar chiqaradi
#kompaniyalar

01/04/25

Kvars aksiyadorlarining 19-mart sanasidagi navbatdan tashqari yig‘ilishida kuzatuv kengashining yangi tarkibi a’zolarini saylash, zavod faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish bo‘yicha muhokama bo‘lib o‘tgan.

Kvars shisha zavodi yana davlat tasarrufiga o‘tdi
#kompaniyalar

01/04/25

CoreWeave — sun’iy intellekt va hisoblash infratuzilmasi bilan shug‘ullanuvchi kompaniya — o‘zining IPO (birlamchi ommaviy joylashtirish) rejasini e'lon qildi.

CoreWeave kompaniyasi IPO chiqarmoqda, Nvdia unda ’’anchor investor’’ bo‘lib qatnashadi
#IPO

27/03/25

Prezidentning 27-mart sanasida hokimlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishida, bozorlarga egalik qilishda hokimliklarning majburiy ishtiroki to‘g‘risidagi norma bekor qilinmoqda.

Bozorlar mahalliy hokimiyat tasarrufidan chiqariladi
#iqtisod

27/03/25

Kaspi Qozog'iston fintech (moliyaviy texnologiyalar) kompaniyasi bo'lib, raqamli moliyaviy xizmatlar sohasida faoliyat yuritadi.

Kaspi kompaniyasi Humo va Uzcard kartalariga pul o'tkazmalarini joriy qildi
#kompaniyalar

25/03/25

2025-yilning 1-yanvar holatida, O'zbekistonning rasmiy e'lon qilingan davlat qarzi 40 mlrd 199 mln dollarni tashkil etadi.

O'zbekiston asosan kimlardan qarz olgan?
#iqtisod

25/03/25

bottom of page