top of page
Elektron to'lov tizimi "Humo" - yangi ijrochi direktori Aleksey Maksimov kim?

Elektron to'lov tizimi "Humo" - yangi ijrochi direktori Aleksey Maksimov kim?

#tahlil

4 daqiqa

13/03/25, 14:44

1/3 Bitcoin
Ulashish:

Aleksey Maksimov "Humo" to‘lov tizimiga rahbar etib tayinlandi. Ushbu lavozimga 2018-yil sentabrdan buyon Shuhratbek Qurbonov rahbarlik qilib kelayotgan edi.


"Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun 59-moddasiga ko‘ra, ijro organi rahbarini tayinlash aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi vakolatiga kiradi.

Biroq, jamiyat ustavida bu vakolat kuzatuv kengashiga berilgan bo‘lsa, kuzatuv kengashi a’zolari ham ijro organi rahbarini (CEO) tayinlash yoki muddatidan oldin bo‘shatishlari mumkin.


Aleksey Maksimov TATU (Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) va Toshkent moliya institutidan ta’lim olgan.


Spot uz ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 20-iyuligacha "Octo", "Octopay" va "Vuelo" kompaniyalari rahbari va ta’sischilaridan biri ham bo‘lgan.

Professional faoliyati davomida "O‘zmilliybank"da boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.


Aksiyadorlik jamiyatlariga yangi rahbar tayinlashini korporatsiya kelgusi faoliyatida noaniqliklar keltirib chiqarsa-da, tajribali va yaxshi obro‘ga ega rahbar kelishi investorlar ishonchini oshiradi.


Aleksey Maksimov "Humo" rahbar bo‘lishidan oldin, 2023-yil avgust oyidan boshlab "Octobank" raisi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan edi.

"Octobank" aksiyadorlik jamiyati kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi maxsus rejim ishtirokchilaridan biri hisoblanadi.


Eslatib o‘tamiz, 2025-yil yanvar oyida "Paynet" AJ ’’Milliy banklararo protsessing markazi’’ ning davlatga tegishli 100% aksiyalar paketini $65 mln evaziga sotib olgan edi.

Maqolani ulashing:

Foto: “PLAS forum”

O'xshash yangiliklar

CoreWeave — sun’iy intellekt va hisoblash infratuzilmasi bilan shug‘ullanuvchi kompaniya — o‘zining IPO (birlamchi ommaviy joylashtirish) rejasini e'lon qildi.

CoreWeave kompaniyasi IPO chiqarmoqda, Nvdia unda ’’anchor investor’’ bo‘lib qatnashadi
#IPO

27/03/25

Prezidentning 27-mart sanasida hokimlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishida, bozorlarga egalik qilishda hokimliklarning majburiy ishtiroki to‘g‘risidagi norma bekor qilinmoqda.

Bozorlar mahalliy hokimiyat tasarrufidan chiqariladi
#iqtisod

27/03/25

Kaspi Qozog'iston fintech (moliyaviy texnologiyalar) kompaniyasi bo'lib, raqamli moliyaviy xizmatlar sohasida faoliyat yuritadi.

Kaspi kompaniyasi Humo va Uzcard kartalariga pul o'tkazmalarini joriy qildi
#kompaniyalar

25/03/25

2025-yilning 1-yanvar holatida, O'zbekistonning rasmiy e'lon qilingan davlat qarzi 40 mlrd 199 mln dollarni tashkil etadi.

O'zbekiston asosan kimlardan qarz olgan?
#iqtisod

25/03/25

2000-yil mart oyida bu "pufak" portlagan — ya'ni odamlar tushunib qolgan bu kompaniyalar ular o'ylanganchalik qimmatli emasligini.

Dot-com pufagi yorilganiga 25 yil to'ldi
#iqtisod

25/03/25

Bu hodisa kanal hududidagi 400 ta kema harakatini to'xtatib qo'ydi, natijada neft mahsulotlarning narxi keskin ko'tarib yubordi.

Suvaysh kanali blokadasi neft bozoriga qanday ta'sir qilgan?
#tahlil

25/03/25

bottom of page