Bozorlar mahalliy hokimiyat tasarrufidan chiqariladi

Bozorlar mahalliy hokimiyat tasarrufidan chiqariladi
#iqtisod
4 daqiqa
27/03/25, 14:55

Ulashish:
O‘zbekistonda hozirda 537 ta bozor va savdo majmualari bo‘lib, ularda 2012-yildagi Vazirlar Mahkamasining 253-qarori bo‘yicha kamida 51 foiz hokimiyat ulushi bo‘lishi majburiy. Prezidentning 27-mart sanasida hokimlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishida, bozorlarga egalik qilishda hokimliklarning majburiy ishtiroki to‘g‘risidagi norma bekor qilinmoqda. Bozorlar asosan MChJ yoki AJ tarzda tashkil etilib, endilikda ularning ta’sischilar (aksiyador) ulushi 51 foiziga mahalliy hokimiyat egalik qilashi shart hisoblanmaydi. Bu norma bekor qilinishi bozorlar to‘liq xususiy mulk shakliga o‘tib, bozorlarga tadbirkorlar uchun ko‘proq erkinlik berilmoqda. Umumiy olganda, 2021-2024-yillar mobaynida 47 trillion so‘mlik davlat aktivlari sotilgan bo‘lib, bu oldingi o‘ng yillikdagi ko‘rsatgichdan 30 baravar ko‘p degani. O‘tgan yil noyabr oyida ilk bor "’Xalqchil IPO‘’ bo‘yicha Tovar xomashyo-birjasining 3 milliondan ortiq aksiyalari sotilgan edi. Hozirda 11 ming investor aksiyadorga aylanib ulgurgan. Eslatib o‘tamiz, Toshkent fond birjasida Farhod, Chilonzor, Urganch dehqon bozori kabi Aksiyadorlik Jamiyatlar qimmatli qog‘ozlari oldi-sotdi qilinib kelinmoqda.