Aksiyadorlik Jamiyatlarining tashkiliy tuzilmalari nimalardan iborat?

Aksiyadorlik Jamiyatlarining tashkiliy tuzilmalari nimalardan iborat?
#termin
3 daqiqa
13/03/25, 15:50

Ulashish:
Aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv tuzilmalari asosan quyidagilardan iborat;
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi,
Kuzatuv kengashi
Ijroiya organidan iborat.
Yuqoridagi rasm Prezidentning ''Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish to‘g‘risida'' 4720-son farmoniga keltirib bo'lib, aksiyadorlik jamiyatlarda minoritar aksiyadorlar qo'mitasi, taftish komissiyasi, ichki audit xizmati bo'lishi mumkinligi ham keltirib o'tilgan.
Vakolatlar o'zaro bo'linganligi AJ'larni samarali boshqarishga undaydi.
Mas'uliyati Cheklangan Jamiyatlar tashkiliy tuzilmalari qanday?
MChJ'lar boshqaruv tuzilmalari ijro organi va jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig'ilishidan iborat.
MChJ'ga ta'sischilar egalik qilishlari hisobiga yig'ilish aksiyadorlarning emas, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig'ilishi deb nomlanadi.
Odatda, korporatsiyada ijro organi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi - Kuzatuv kengashi MChJ'larda mavjud bo'lmaydi.
Biroq, ta'sischilari xohishlariga ko'ra, jamiyatda o'zlarining kuzatuv kengashini tuzishlari mumkin.
Lex.uz
O'xshash yangiliklar
Prezidentning 27-mart sanasida hokimlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishida, bozorlarga egalik qilishda hokimliklarning majburiy ishtiroki to‘g‘risidagi norma bekor qilinmoqda.
Bozorlar mahalliy hokimiyat tasarrufidan chiqariladi
#iqtisod
27/03/25