So'nggi oy davomida Rossiya rublining qiymatining oshishi "Spekulyativ eyforiya" natijasi

So'nggi oy davomida Rossiya rublining qiymatining oshishi "Spekulyativ eyforiya" natijasi
#valyuta
3 daqiqa
04/03/25, 15:56

Ulashish:
So'nggi oy davomida Rossiya rublining qiymatining oshishi "Spekulyativ eyforiya" natijasi deb biladi Rossiya bank raisi maslahatchisi Kirill Tremasov.
"Spekulyativ eyforiya" iborasi rublning mustahkamlanishi asosan spekulyantlar (qisqa muddatli foyda ko'rish uchun moliyaviy aktivlarni oldi-sotdi qiluvchilar) tomonidan yaratilgan sun'iy holat.
Rossiya va Ukraina urushini tugatish bo'yicha tinchlik muzokaralari rubl narxiga yaxshi ta'sir qilayotgan edi.
Rubl qadrlanishi milliy valyutamiz narxiga ijobiy ta'sir qildi.
Sababi, O'zbekistonga xorijdan yillik 14,18 milliard dollar pul kirib kelgan bo'lsa, shundan 11,5 milliard dollari Rossiya hisobiga to'g'ri keladi.
Agar rubl qadri oshsa, tabiiyki migrantlar ko'proq xorijiy valyutani O'zbekistonga oilasi uchun jo'natadi.
Shuning uchun dollar narxi so'mga nisbatan 13 000 so'mdan keyinchalik 12 877 so'mgacha tushdi.
O'xshash yangiliklar
Prezidentning 27-mart sanasida hokimlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishida, bozorlarga egalik qilishda hokimliklarning majburiy ishtiroki to‘g‘risidagi norma bekor qilinmoqda.
Bozorlar mahalliy hokimiyat tasarrufidan chiqariladi
#iqtisod
27/03/25