“Humo” to‘lov tizimi ijro organi rahbari lavozimini tark etdi

“Humo” to‘lov tizimi ijro organi rahbari lavozimini tark etdi
#kompaniyalar
4 daqiqa
11/03/25, 17:27

Ulashish:
O'zbekistonda ommalashgan to'lov tizimi (payment system) - Humo kompaniyasi rahbari Shuhratbek Qurbonov kompaniya direktori lavozimidan ketdi.
Shuhratbek Qurbonov Humo ("Milliy banklararo protsessing markazi" aksiyadorlik jamiyati sifatida ro'yxatdan o'tgan) ijro organi direktori (CEO) lavozimida 2018-yil mart oyidan beri ishlab kelmoqda edi.
Uning lavozimiga ijro organi rahbari sifatida Aleksey Yuryevich Maksimov tayinlandi.
Aleksey Maksimov 2023-yildan buyon "Oktobank" boshqaruvi raisi o'rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Biroq, Shuhratbek Qurbonov "Milliy banklararo protsessing markazi" aksiyadorlik jamiyatining 20-martdagi aksiyadorlarining navbatdan tashqari yig'ilishida mustaqil kuzatuvchi sifatida kuzatuv kengashiga saylandi.
Kuzatuv kengashi bu aksiyadorlik jamiyatining strategik qarorlarini tasdiqlaydi va rahbariyat faoliyatini nazorat qiladi.
spot.uz
O'xshash yangiliklar
Prezidentning 27-mart sanasida hokimlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishida, bozorlarga egalik qilishda hokimliklarning majburiy ishtiroki to‘g‘risidagi norma bekor qilinmoqda.
Bozorlar mahalliy hokimiyat tasarrufidan chiqariladi
#iqtisod
27/03/25