Intel kompaniyasiga yangi ijrochi direktor tayinlandi

Intel kompaniyasiga yangi ijrochi direktor tayinlandi
#kompaniyalar
3 daqiqa
13/03/25, 16:23

Ulashish:
Intel korporatsiyasi direktorlar kengashi (Board of directors) yarimoʻtkazgichlar sanoatida katta tajribaga ega boʻlgan Lip-Bu Tanni 2025 yil 18-mart sanasidan boshlab bosh ijrochi direktor (CEO) etib tayinlaganini eʼlon qildi.
Lip-Bu Tan avval Intel kompaniyasi direktorlar kengashida mustaqil direktor sifatida xizmat qilgan. Biroq u 2024-yil avgust oyida bu lavozimni tark etgan edi.
Yangi bosh ijrochi direktor lavozimiga tayinlangach, Lip-Bu Tan direktorlar kengashiga qayta qoʻshiladi, ammo bu safar u mustaqil boʻlmagan aʻzo sifatida faoliyat yuritadi, chunki u endi kompaniyaning boshqaruv rahbariyati aʻzosi hisoblanadi.
Kompaniyaga yangi rahbar tayinlanishi investorlar uchun optimistik tuyuldi, Intel aksiyalari narxi bugun deyarli 16 foizga o'sdi.
AQShda Intel kabi korporatsiyalar bir pog'onali boshqaruv tizimidan foydalanadi.
Bu tizimda bitta direktorlar kengashi (Board of Directors) mavjud boʻlib, u ham ijrochi direktorlar (kompaniya rahbariyati), ham mustaqil, ijrochi boʻlmagan direktorlarni oʻz ichiga oladi.
O'zbekistonda esa ularni vakolatlarini ikki butunlay alohida ikki pog'onali boshqaruv tizimi qoʻllaydi:
Kuzatuv kengashi: strategik qarorlar qabul qiladi va ijro organini nazorat qiladi. Uning tarkibiga mustaqil, ijrochi boʻlmagan direktorlar kiradi.
Ijro organi: kompaniyaning kundalik faoliyatini boshqaradi va kuzatuv kengashi tomonidan belgilangan strategiyani amalga oshiradigan ijrochi direktorlar kiradi.
O'xshash yangiliklar
Prezidentning 27-mart sanasida hokimlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishida, bozorlarga egalik qilishda hokimliklarning majburiy ishtiroki to‘g‘risidagi norma bekor qilinmoqda.
Bozorlar mahalliy hokimiyat tasarrufidan chiqariladi
#iqtisod
27/03/25