top of page
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ'da Taftish komissiyasi bekor qilindi

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ'da Taftish komissiyasi bekor qilindi

#kompaniyalar

3 daqiqa

20/03/25, 14:08

1/3 Bitcoin
Ulashish:

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ'da Taftish komissiyasi bekor qilindi. Jamiyatning yagona aksiyadori 2025-yil 17-martda o'tkazgan yig'ilish qaroriga muvofiq korporatsiyadagi Taftish komissiyasi bekor qilindi. Shuningdek, Jamiyatning "Taftish komissiyasi toʻg'risida"gi Nizomi bekor qilinib,  "Yagona aksiyador toʻg'risida"gi, "Kuzatuv kengashi toʻg'risida"gi, "Ijroiya organi toʻgʻrisida"gi nizomlariga o'zgartirishlar kiritilmoqda.

Mazkur qarorni bajarish ijro organi zimmasiga yuklatilgan.

"Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonunga o'zgartirish kiritilgan bo'lib, 2022-yildan boshlab AJ'larda taftish komissiyasini tuzish majburiy hisoblanmaydi.

Ushbu qonunning 107-moddasiga ko'ra, AJ'ning ijro organidagi lavozimlarni egallagan har qanday shaxslar taftish komissiyasiga moliyaviy-xo'jalik faoliyati to'g'risidagi hujjatlarni taqdim etishga majburdirlar.

Shu orqali taftish komissiyasi har chorakda AJ'ning affiliangan shaxslar bilan tuzilgan, shuningdek, jamiyat nomidan tuzilgan yirik bitimlarning qonunchilik va AJ'ning ichki hujjatlariga qanchalik mos kelishi to'g'risidagi xulosa beradi.

Maqolani ulashing:

O'xshash yangiliklar

CoreWeave — sun’iy intellekt va hisoblash infratuzilmasi bilan shug‘ullanuvchi kompaniya — o‘zining IPO (birlamchi ommaviy joylashtirish) rejasini e'lon qildi.

CoreWeave kompaniyasi IPO chiqarmoqda, Nvdia unda ’’anchor investor’’ bo‘lib qatnashadi
#IPO

27/03/25

Prezidentning 27-mart sanasida hokimlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishida, bozorlarga egalik qilishda hokimliklarning majburiy ishtiroki to‘g‘risidagi norma bekor qilinmoqda.

Bozorlar mahalliy hokimiyat tasarrufidan chiqariladi
#iqtisod

27/03/25

Kaspi Qozog'iston fintech (moliyaviy texnologiyalar) kompaniyasi bo'lib, raqamli moliyaviy xizmatlar sohasida faoliyat yuritadi.

Kaspi kompaniyasi Humo va Uzcard kartalariga pul o'tkazmalarini joriy qildi
#kompaniyalar

25/03/25

2025-yilning 1-yanvar holatida, O'zbekistonning rasmiy e'lon qilingan davlat qarzi 40 mlrd 199 mln dollarni tashkil etadi.

O'zbekiston asosan kimlardan qarz olgan?
#iqtisod

25/03/25

2000-yil mart oyida bu "pufak" portlagan — ya'ni odamlar tushunib qolgan bu kompaniyalar ular o'ylanganchalik qimmatli emasligini.

Dot-com pufagi yorilganiga 25 yil to'ldi
#iqtisod

25/03/25

Bu hodisa kanal hududidagi 400 ta kema harakatini to'xtatib qo'ydi, natijada neft mahsulotlarning narxi keskin ko'tarib yubordi.

Suvaysh kanali blokadasi neft bozoriga qanday ta'sir qilgan?
#tahlil

25/03/25

bottom of page